Qo‘shma majlisdagi nutqning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda
27.07.2023, 11:11
Ayni kunlarda Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan joylardagi BPTlarda, korxona-tashkilot va muassasalarda, ayniqsa keng jamoatchilik o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqining mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Huddi shunda uchrashuvning navbatdagisi Sh.Rashidov tuman hududida harbiy qismda bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, harbiy qism zobit va askarlari ishtirok etgan tadbirda hozirgi tahlikali zamonda yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz qudratini yanada oshirish ustuvor vazifa ekanligi, milliy armiyamiz qudratini, askar va ofitserlarimizning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e’tiborni yanada oshirilishi, harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, farzandlarining zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi, chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi harakatlarimizni izchil davom ettirilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, avvalo, mintaqamiz mamlakatlari bilan yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish asosiy maqsadimiz ekanligi, dunyoning uzoq-yaqin davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor berilishi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarilishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida harbiylar ham o‘z o‘rnida xizmat vazifalarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini, mamlakatimiz tinchligi va osudaligi ishonchli qo‘llarda ekanligini ta’kidlab, bundan keyin ham jangovar tayyorgarlikni yanada kuchaytirib borishga va’da berdilar.
Xolbek ASATOV,
O’zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring