Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda

07.09.2023, 16:19

Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Samarqand viloyati va tuman (shahar) partiya tashkilotlari ishtirokidagi kengaytirilgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, viloyat, tuman va shahar Kengashlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda partiya viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2023 yilning o‘tgan davrdagi joriy faoliyati yakunlari, ikkinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalar, tuman va shahar Kengashlari va deputatlik guruhlari faoliyatlari tanqidiy tahlil qilindi. O’tgan davr davomida o‘tkazilgan tadbirlar, partiyaviy loyihalar muhokama qilindi.

Partiya Ustavi talablariga quyi tuzilmalar tomonidan qay darajada amal qilinayotgani, partiya rahbar organlari tomonidan belgilab olinayotgan reja va topshiriqlar ijrosining natijadorligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida partiya deputatlik guruhlari tashabbuslari bilan xalq deputatlari Samarqand viloyat va tuman (shahar) Kengashlari sessiyalariga 28 ta masala kiritilib, shundan 26 tasi sessiyalarda ko‘rib chiqilgan va qaror qabul qilingan.

Shuningdek, bu vaqt davomida deputatlar tomonidan 1264 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan. Shundan, 320 tasi viloyat deputatlari tomonidan yuborilgan bo‘lsa, 944 tasi tuman (shahar) Kengashidagi deputatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yig‘ilish davomida partiya safiga a’zolarni qabul qilish, yangi boshlang‘ich partiya tashkilotlarini ochish, Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasining 2023 yilda tasdiqlangan tegishli qaroriga asosan a’zolik badallarini undirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda partiya deputatlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, kuchli deputatlik nazoratini olib borish, saylovchilar mummolari va murojaatlarini muntazam hal qilib borish kabi masalalarda faollik talab etilishi ta’kidlab o‘tildi.

  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+