Nukuslik yosh ishbilarmon faoliyati bilan tanishildi

12.09.2023, 11:25

Nukuslik yosh ishbilarmon faoliyati bilan tanishildi

Keyingi yillarda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borilmoqda. Har bir oilada tadbirkorlikka, real daromadga ega bo‘lishga moyillik hissi shakllantirilmoqda, tashabbuslar rag‘batlantirilmoqda. Bularning bari mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmatlarning misli ko‘rilmagan turlari, ko‘plab yangi ish joylari yuzaga kelishiga asos bo‘lyapti.

Tadbirkorlar – avvalo, o‘z mehnati bilan farovonlikka erishadigan, jamiyatda barqarorlik va hamjihatlik mustahkamlanishiga intiluvchi odamlar. Tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. O’zLiDeP partiyasining elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarimiz  safi ham yildan-yilga ortib bormoqda. Nukus tumanidagi yosh tadbirkorlardan biri “Biogumus Farms” korxonasi asoschisi va direktori Sherzod Niyazыmbetov anchadan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. O’zLiDeP Nukus tuman Kengashi tomonidan ham partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot qilish, partiya safiga elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlarni kengroq jalb etish, safdoshlarimiz safini kengaytirish maqsadida joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Partiyaning Nukus tuman Kengashi apparat rahbari Q.Ismaylov ham yosh tadbirkor Sherzod Niyazыmbetov bilan yuzma-yuz muloqot qilib, partiyaning siyosiy kuch sifatida bugungi kundagi faoliyati, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlariga hamohangligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. 

Yosh tadbirkor Sherzod Niyazыmbetov anchadan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqatni qayta ishlashdan iborat. Mahsulotlar horijga ham eksport qilinib kelinmoqda. 2022 yilda korxona Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yilning eng yaxshi start-up loyihasi nomiga sazovor bo‘ldi.  Import, ulgurji savdo, turizm sohalarida korxonalarimiz 2022 yildan beri mavjud. Joriy yilda davlatimiz rahbari tomnidan «Kelajak Bunyodkori» medali bilan taqdirlangan. Yosh tadbirkor partiyaga xayrixoxligini bildirdi va partiya safiga a’zolikka qabul qilindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    115
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+