Bandlikka ko‘mak – yoshlarga rag‘bat

05.10.2023, 16:02

Bandlikka ko‘mak – yoshlarga rag‘bat

Ayni paytda O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi tarkibida 118 788 nafar safdoshni birlashtirgan  1 467 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud.

Joriy yilning 9 oyi davomida kengash tomonidan yoshlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish maqsadida davra suhbati, seminar, ochiq muloqotlar tashkil etildi. Bu borada deputatlar hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hamkorligi juda qo‘l keldi.

Mana isboti: 37 nafar yosh ishli bo‘ldi, 48 nafariga o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashildi. 110 nafar xotin-qizning muammosiga yechim topildi. 17 nafari mehnatga band etildi, 27 nafariga tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishida madad berildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Muhimi,  oldimizda vazifalar ko‘p, ularni amalga oshirishda yanada uyushqoq, mas’uliyatli bo‘lsak kifoya. 

Gavharoy TO’XTASINOVA,

 O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    78
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+