140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi

06.10.2023, 14:02

140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi

Tadbirkorlar – avvalo, o‘z mehnati bilan farovonlikka erishadigan, jamiyatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shuvchi insonlardir. Tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham boqadi, davlatni boy qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes hamda o‘rta va yirik tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lida yurtimizda amalga oshirilayotgan  katta islohotlar tufayli O’zLiDePning asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar va fermerlar safi yildan yilga yurtimizda ortib bormoqda. Buni Romitan tumani misolida ham ko‘rsa bo‘ladi.

Ushbu tumanda 31 yildan buyon faoliyat olib borayotgan “Jayhun” mebel ishlab chiqarish korxonasi dastlab 5 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, hozirgi kunda ular soni 70 nafardan oshgan. Korxona sexlarida  tashkilot va muassasalar uchun kompter stollari, kitob jovonlari, maxsus o‘quv partalari va yozuv doskalari, stol-stul, shkaf kabi 140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

2011-2016 yillarda mebel ishlab chiqarish korxonasida lizing asosida Italiya va Turkiya davlatlaridan, 2018 yilda esa Xitoy xalq Respublikasidan zamonaviy yangi dastgohlar keltirilgan. Buning natijasida korxonada 2020 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 8,1 mlrd, 2021 yilda 9,5 mlrd, 2022 yilda esa 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2020 yilda korxonaga Belorus, Chexiya, Xitoy va Yaponiya davlatlaridan stul karkaslarini xromlovchi uskunalar jamlanmasi olib kelinib, yangi yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborildi.

Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli mebel jihozlari mamlakatimizning barcha viloyatlariga yetkazib berilmoqda.

-Kelajakdagi rejalarimiz yanada ulkan, -deydi korxona rahbari Nodir Bakoyev. - Ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlarini nafaqat O’zbekistonga, balki bir qator xorijiy davlatlariga ham eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Shuningdek, yana ko‘plab yoshlarga,  yurtdoshlarimizga mebelsozlik hunarini  o‘rgatib  ularning bandligini ta’minlash niyatidamiz.

Mazkur korxonada O'zLiDePning o‘z safiga faol partiya a’zolarini birlashtirgan quyi bo‘g‘ini faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu siyosiy tuzilmaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda partiya quyi bo‘g‘inida “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ushbu muhim hujjatdagi 100 ta maqsadni o‘z ichiga qamrab olgan 5 ta ustuvor yo‘nalishda belgilab berilgan vazifalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida korxonaning ishchi xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    136
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+