«Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

10.10.2023, 16:58

«Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida ochiq muloqot  tashkil etildi

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari va partiya Do‘stlik tuman Kengashi tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida ochiq muloqot  tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Jizzax viloyat mas’ul xodimlari, O'zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi apparat rahbari Nafisa Ismatova, partiya tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Soatxon G’aybullayeva, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etdilar.

 Tadbirda ta’kidlanganidek, mamalakatimizda xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oiladagi o‘rnini mustahkamlash,  tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, bu jarayonlarda keng jamoatchilikning, partiya faollarining o‘rnini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.

Tadbir davomida tumanda olib borilayotgan sa’y- harakatlar, ularni yanada jonlantirish borasidagi  takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi faoliyati, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan  huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Nafisa Ismatova,

O'zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+