Jizzaxlik talaba yoshlar bilan fikr almashildi

10.10.2023, 16:59

Jizzaxlik talaba yoshlar bilan fikr almashildi

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan Jizzax  Politexnika Institutida “Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Abdulaziz Xo‘jakov, O’zLiDeP Jizzax viloyat, shahar Kengashlari “Yoshlar qanoti” guruhi faollari,  talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talaba yoshlarga “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati atroflicha talqin qilib berildi. Ayniqsa, mustahkam tamal toshlari qo‘yilayotgan Yangi O’zbekistonning kelajagi har taraflama yetuk, zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar sirlarini mukammal egallagan yoshlar qo‘lida ekanligi alohida ta’kidlandi.

Strategiyada belgilangan bir qator maqsad va vazifalar ham aynan shunga qaratilgan. Zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish, intellektual salohiyatini oshirish, ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish shular jumlasidan.

Tadbirda talaba yoshlar ham so‘z olib, mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda yoshlarning bilim olishlari uchun so‘nggi yillarda yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdilar. Bunga javoban ular ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini, o‘zlari tanlagan sohaning sir-asrorlarini mukammal egallab, kelgusida Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida tashkilotchilar talaba yoshlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob qaytardilar.

Abdukarim Isaxonov, 

O’zLiDeP  Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    77
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+