Deputatlar G’allaorol tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hisobotini eshitdi

25.10.2023, 12:07

Deputatlar G’allaorol tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari G’allaorol tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan G’allaorol tuman hokimi birinchi o‘rinbosari To‘lqin Qo‘chqorovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trln so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ishlar davom etmoqda.

Shu bilan birga, Tumanda yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish orqali bandlikni ta’minlash bo‘yicha joriy yilda 465 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilindi. Jami tuman bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari 4954 tani tashkil qiladi. Fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tomorqa yer maydonlarini rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarni tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda subsidiya mablag‘lari ajratish orqali bandligini ta’minlashda ishsizlarga ishsizlik nafaqalari tayinlash uchun mablag‘ ajratish  to‘laqonli tizimni yaratildi.

Shuningdek, tumanda kichik sanoat zonalarida 2 ta kichik sanoat zonalari va 1 ta yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, ularning umumiy yer maydoni 15,2 gektarni 72,3 mlrd so‘mlik 5 ta loyihalar ishga tushirilib, 139 nafar ish o‘rinlari yaratilgan.

Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topildi. O’z o‘rnida deputatlar tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar. Mazkur muammolarni deputatlik nazoratiga olib, partiyaviy vositalar bilan bartaraf etish chora tadbirlari ham belgilab olindi.

Xolbek ASATOV,

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va

deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+