Biz jamiyatga kerakmiz!

26.10.2023, 17:25

Biz jamiyatga kerakmiz!

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, viloyat Kengashi tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo‘limi o‘zaro hamkorligida 48-son manzil koloniyasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“Biz jamiyatga kerakmiz!” mavzusida o‘tgan ochiq muloqot uchrashuvi manzil koloniyalarda jazoni o‘tayotgan har bir mahkumning to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi, qayta jinoyat ko‘chasiga kirmasligi bir qancha omillarga bog‘liq ekanini inobatga olgan holda ularning ruhiy holatidan kelib chiqib, mavjud muammolarini ijobiy hal etish orqali ularni jamiyatimizning faol qatlamiga qo‘shish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati ochiqlanarkan, ularni amalga oshirish zamirida inson va uning qadri yotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tayotgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, mahkum va mahbuslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

O’zLiDeP ham jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralarning samaradorligini oshirishning huquqiy va tashkiliy-amaliy choralarini kuchaytirishni o‘z oldidagi ustuvor vazifalardan deb bilishiga urg‘u berildi.

Bu borada partiya manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijtimoiy-huquqiy yordam olishlarini ta’minlash, ularning jazo muddatini o‘tab, yashash joylariga qaytganlaridan so‘ng, ijtimoiy xayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ketishlariga ko‘maklashish masalalarida kamarbasta ekani qayd etildi.

Tadbir davomida mahkumlar tomonidan berilgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+