Maktab bitiruvchilari korxonada tajriba almashdilar

10.11.2023, 15:13

Maktab bitiruvchilari korxonada tajriba almashdilar

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Strategiyada yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yo‘nalishida belgilan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDeP Sirdaryo viloyat va Sayhunobod tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi 27-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari ishtirokida “Polytex Sirdaryo” MChJ klasterining ishlab chiqarish korxonasida mahorat darsi tashkil etildi.

Yaqinda ish boshlagan mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Yevropa bozorlariga ham kirib bormoqda. Mahsulotlari Turkiya, Rossiya va Bangladesh kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxonada hozirgi kunda 1 200 nafar xodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularning 70 foizini yoshlar tashkil etadi.

— Davlatimiz tomonidan biz yoshlarga katta e’tibor qaratilyapti. Ana shu e’tiborning biri sifatida o‘qish barobarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘ldik, — deydi tadbir ishtirokchisi Nodirbek Aliyev. Yoshlar o‘qishining shartnoma pulini to‘lash uchun ish izlab yurishmaydi. Ular uchun subsidiyalar, ta’lim kreditlari, dehqonchilik uchun yer maydonlari va boshqa sharoitlar yaratilgan. Biz ham bunga javoban yetuk kadrlar bo‘lib yetishib yurtimiz uchun o‘z hissamizni munosib qo‘shamiz.

Yoshlar korxona faoliyati bilan tanishish barobarida u yerda mehnat qilayotgan yosh kadrlar bilan suhbatlashishdi va fikr almashishdi. Tadbir so‘ngida yoshlar korxonada ishlash istaklarini bildirishdi. Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    87
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+