Oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari yaratilganlik holati o‘rganildi

17.11.2023, 15:41

Oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari yaratilganlik holati o‘rganildi

O’tgan hafta davomida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari va deputatlik guruhlari Paxtaobod tumanidagi “Dehqon bozor” MChJda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish bo‘yicha qilingan ishlar, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, eng avvalo, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari yaratilganligi hamda sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha jamoatchilik nazorati olib bordi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan O’zLiDeP deputatlik guruhi va doimiy komissiya a’zolari bilan birgalikda o‘rganishlar natijasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

O’rganish natijalariga ko‘ra, hozirgi kunda tumandagi Dehqon bozor hududida obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilayotganligi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzliksiz ta’minlash borasida zaxiralar yaratilganligi, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar mavjudligi, sanitariya-epidemialogiya qoidalariga rioya etilayotganligi, eng muhimi aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “Elga xizmat” rastalari tashkil etilganligi, rastalarda birlamchi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari arzonlashtirilgan narhlarda sotilmoqda.

Deputatlar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash bo‘yicha ham qilingan ishlarni ko‘zda kechirdi.

O’rganishlar davomida deputatlar tomonidan qish mavsumi uchun oziq-ovqat zaxiralarini sifatli tarzda saqlanib turishi hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish uchun pavilionlar atrofini issiq moslamalar bilan himoyalanish kerakligi tavsiya qilindi.

Muzokara yakunida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini nazoratga olish va masalalarni tegishli doimiy komissiyalar hamda tuman kengashi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+