Jizzaxlik bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashilmoqda

28.12.2023, 11:19

Jizzaxlik bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashilmoqda

Har bir bayram yillar davomida shakllangan o‘ziga xos an’analari bilan qadrli.  Ular ichida  katta kichikning, ayniqsa bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biri bo‘lgan – Yangi yil alohida o‘rin tutadi.  Aynan Yangi yil arafasida o‘tayotgan tadbirlar kichkintoylarimizga olam-olam quvonch baxsh etadi. Umr zarvaraqlarining yangi sahifasini ochayotgan bolajonlarimiz, tinch va obod yurtimizda kelgusi yil ular uchun yangidan-yangi yutuq va muvaffaqiyatlarni keltirishiga ishonishadi. Bu ko‘tarinki kayfiyat ayni kunlarda Jizzax viloyatining barcha hududlarida bolajonlar uchun tashkil etilayotgan bayramoldi tadbirlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

O’zLiDeP hududiy kengashlari tomonidan Yangi yil bayrami tadbirlari tashkil qilinib, bolajonlarga partiyaning sovg‘alari topshirilmoqda.

Partiyaning Mirchacho‘l tuman kengashi tomonidan tumandagi “Paxtazor” mahallasi hududida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabi hamda 14-son maktabgacha ta’lim muassasasida bayram tadbiri o‘tkazilib, bolajonlarga partiyaning sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Partiyaning G’allaorol tuman kengashi tomonidan ham tumandagi “Baxt” mahallasi hududida joylashgan 78-sonli umumta’lim maktabida Yangi yil bayram tadbiri tashkil qilindi. Bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

Ta’kidlash lozimki, partiya hududiy tashkilotlari ishtirokidagi bu kabi bayram tadbirlari viloyatning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik
guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    74
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+