“Yangi O’zbekiston armiyasi uchun” shiori ostida sport musobaqasi tashkil qilindi

12.01.2024, 15:25

“Yangi O’zbekiston armiyasi uchun” shiori ostida sport musobaqasi tashkil qilindi

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sayhunobod tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida O’zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi, tuman Mudofaa bo‘limi hamkorligida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Bayram tadbirida so‘z olganlar bugungi kunda vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan harbiylar va askar yigitlarni tabriklab, musobaqalarga start berdilar.

Tadbirda qizlar o‘rtasida sportning voleybol va yigitlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Qolaversa o‘quvchi yoshlar ishtirokida sportning fransuz boksi (savat), shashka, velosport va karate turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra yigitlar o‘rtasida o‘tgan sportning mini futbol turi bo‘yicha g‘oliblikni “Sayxun” jamoasi, qizlar o‘rtasida o‘tgan sportning valebol turi bo‘yicha g‘oliblikni “To‘maris” jamoasi qo‘lga kiritishdi. G’oliblar va faol ishtirok etgan sportchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

Elyor Jo‘rayev,

O’zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi

bo‘limi boshlig‘i

  • Ko'rildi
    101
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+