Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari amaliyot o‘tashdi

08.02.2024, 18:07

Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari amaliyot o‘tashdi

O’zLiDeP Norin tuman Kengashi tomonidan kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tumandagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishtirildi.

Pres tur davomida talabalar tadbirkorlar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Partiyaning tuman Kengashi hodimlari tomonidan yoshlarga partiyaning yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bino qurish uchun yer uchastkasi ajratilishiga yaqindan yordam berish kabi taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib, yosh tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi, maqbul yechimlarini topish, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, taniqli ishbilarmonlarga ustoz-shogirt an’anasida biriktirib qo‘yish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+