Yoshlar bilan uchrashuv

13.02.2024, 09:44

Yoshlar bilan uchrashuv

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Yoshlar bilan ishlashda nafaqat bitta ma’lum bir tashkilot, balki barchamiz birdek mas’ulmiz.

O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi ham bugungi kunda aynan yoshlar masalasiga katta ahamiyat qaratmoqda.

Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva, Toshkent davlat yuridik universitetining dotsenti, yuridik fanlari doktori, professional mediator Abdumurad Haqberdiyev hamda tibbiyot texnikumi o‘quvchi- yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva “O’zbekiston-2030” strategiyasining 87-maqsadi – yoshlarning huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlarni kasb-hunarlarga yo‘naltirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganiga to‘talib o‘tdi. 

Yurist Abdumurad Haqberdiyev yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Mehnat kodeksi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

  • Ko'rildi
    91
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+