Xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

14.02.2024, 17:36

Xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

          O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Faxriylar kengashi hamda Qarshi  tuman kengashi hamkorligida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Qovchin oilaviy poliklinikasida “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

          - Ayol kishi ro‘zg‘or tashvishlari bilan bo‘lib, salomatligiga qaray olmaydi,-deydi  Shahlo Xidirova. – Ko‘pdan beri shifokorga uchrashaman deb yurardimu, fursat va mablag‘ topolmasdim. Bugungi tibbiy ko‘rik uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Menga malakali tashhis qo‘yishib, davolanish uchun shifoxonaga yo‘llanma berishdi. 

          Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi Omontepa, Shirkent, Qovchin qishloqlarida istiqomat qilayotgan  istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, uyda o‘tirgan, yosh bolali onalar hamda keksa onaxonlar 134 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.

          Tibbiy ko‘rik davomida malakali  shifokorlar  to‘щakda mixlanib qolgan, uyda  erkin harakatlana olmaydigan faxriy onaxon va otaxonlarning xonadonlariga tashrif buyurishib, salomatligi tekshirib ko‘rishdi,  qo‘yilgan tashhis asosida  aniqlangan kasalliklar bo‘yicha qo‘shimcha dori-darmon, muolajalar tavsiya etishdi. 

          Shuningdek, ko‘rik davomida bioximiya taxlili, qondagi diabet, turli xil yuqumli kasalliklar uchun qon taxlillari, uzi, eko ultratovush tekshiruvlari tashkil etildi.

   

  • Ko'rildi
    107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+