Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi

16.02.2024, 16:55

Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi

Ma’lumki, OʻzLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shu ma’noda olib qaraladigan bo‘lsa, O‘zLiDeP mas’ullari va partiyadan saylangan mahalliy Kengash deputatlari ham yoshlarning munosib ta’lim - tarbiya olishi hamda ularning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar bardavomligi partiya mas’ullarining o‘zlari o‘qigan bilim dargohlarida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlari, yuzma-yuz muloqotlari chog‘ida ham yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.

Bugun OʻzLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Xamidov partiya viloyat va tuman Kengashi mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida o‘zi ta’lim olgan G’ijduvon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. Ular bilan dildan suhbatlashib, kelajakdagi orzu–rejalari bilan qiziqdi. O’zi o‘qigan sinf xonasiga kirib o‘quvchilik yillarini esga oldi hamda maktab davridagi qiziqarli voqealarni so‘zlab berdi.

Shuningdek, bilim dargohida yaratib berilgan shart-sharoitlar, bugungi kundagi dars jarayonlari, tashkil etilgan to‘garaklar va ulardagi mashg‘ulotlar O.Xamidov e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Ayniqsa, uning o‘quvchi-yoshlar bilan birga shaxmat-shashka bahslarini olib borgani, stol tennisi bo‘yicha musobaqalashgani bolalar xotirasida bir umrga saqlanib qolinadigan bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida maktab kutubxonasi fondini boyitish hamda o‘quvchi-yoshlarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida ziyo maskaniga 100 ga yaqin badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

Bayramona tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan quy-qo‘shiqlar, she’rlar, badiiy chiqishlar barchaga xushnudlik baxsh etdi.

  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+