Barqarorlik reytingi fermer xo‘jaliklari faoliyatida qanday qo‘llaniladi?

22.02.2024, 09:21

Barqarorlik reytingi fermer xo‘jaliklari faoliyatida qanday qo‘llaniladi?

“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida
yaqinda amaliyotga joriy qilingan tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini fermer xo‘jaliklari faoliyatida qo‘llanishi masalalari muhokama qilindi.

Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, fermerlar, buxgalterlar, OAV vakillari, olimlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy qilindi.

Joriy yilning 1 fevraldan amaliyotga kiritilgan ushbu tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilik orasida hamda turli tarmoqlar vakillari bilan muhokama qilindi.

Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi ham muhim tarmoq hisoblanib, 100 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari ham yaratilgan yangi reyting tizimida ishtirok etmoqda.

Qarorga ko‘ra, yuqori barqarorlik reytingiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga turli hil imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar, imtiyoz va preferensiyalar berishning yangilangan tartibi ishlab chiqilishi lozimligi belgilangan.

Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda ko‘plab fermer xo‘jaliklari yetishtirilgan mahsulotlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, texnika va bank xizmatlari bo‘yicha debitor-kreditor qarzdorliklar sababli soliq qarzdorligi yuzaga kelishi natijasida reyting ballari pasaymoqda.

Mazkur omillar ko‘p hollarda fermerlarning o‘zlariga bog‘liq mo‘lmasdan, kreditorlarning moliyaviy ahvoli sababli yuzaga kelmoqda.

O’tkazilgan muloqotlar davomida reytingda qoniqarli yoki quyi o‘rinni egallagan fermer xo‘jaliklari subsidiyalar va imtiyozlardan foydalanishi cheklanishi bilan bog‘liq savollar uchramoqda.

Bugungi kunda fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar berilishi nazarda tutilgan, jumladan o‘z xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilgan fermer xo‘jaliklari uchun xarajatlarning 50 foizi qoplab berilishi nazarda tutilgan.

Tadbir davomida mazkur savollar soha mutasaddilari tomonidan chuqur tahlil qilinib, batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan fermerlar tomonidan o‘z reyting ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan ham tegishli tavsiyalar olishdi.

Press klub davomida kun tartibidagi masala yuzasidan vazirlik va idoralar vakillari, fermerlar va deputatlar so‘zga chiqib, o‘zlarining turli hil fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida O’zLiDeP deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda partiya faollari bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingida fermer xo‘jaliklarining yuqori toifada bo‘lishiga ko‘maklashish, tushuntirish-targ‘ibot ishlarini jadallashtirish borasida ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda hamkorlikda ishlarni tashkil qilishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    78
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+