Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishi oldi olinyapti
24.02.2024, 13:11
O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan mahalliy kengash deputatlar, partiya faollari va mutasaddi tashkilot vakillaridan tuzilgan ishchi guruh dehqon bozorlarida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida jamoatchilik nazorati asosida o‘rganishlarlar olib bormoqda.
Xususan, ishchi guruh a’zolari Karmana tumanidagi markaziy dehqon bozorida xaridorlar va sotuvchilar, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib mahsulotlar narxlarini sun’iy oshirmaslik to‘g‘risida tavsiyalar berdilar. Ayniqsa, aholi ehtiyoji uchun birlamchi zarur bo‘lgan go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i, un va shakar mahsulotlarining narxlarini keskin oshirmaslik bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishini ta’kidladilar.
Mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqib ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, birinchi navbatdagi iste’mol mahsulotlari qayta ishlash darajasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, meva-sabzavot va yog‘-moy mahsulotlarini yetkazib berish tizimini o‘rganish shuningdek qish mavsumi davomida oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari yaratilganlik ham saqlash holati o‘rganildi.
Bugungi kunda tuman dehqon bozori qariyib 140 000 aholiga 170 ortiq tadbirkorlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Bugungi kunda ushbu bozor rastalarida 130 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari savdoga chiqarilib, narxlar barqarorligini saqlash maqsadida talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda ma’muriyat tizimli ravishda nazorat olib boryapti. Zahira omborxonalarida uch xil turdagi ya’ni 380 tonna kartoshka, 65 tonna piyoz hamda 42 tonna guruch mahsulotlari saqlanyapti.
Jamoatchilik nazorati asosida amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari bozor ma’muriyati, tadbirkorlar va xaridorlar bilan yaqin muloqotda bo‘ldi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring