Deputatlar tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlarini hal qildi

01.03.2024, 21:57

Deputatlar tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlarini hal qildi

O'zLiDeP Samarqand viloyati va Paxtachi tumani Kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlari, mutasaddi rahbarlar va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi.

Xususan, “Tadbirkor” mahallasida istiqomat qiluvchi Shodmonov Shoxjaxon tadbirkorlik uchun kredit olib berishda amaliy yordam so‘radi. Bunga Mikrokredit bankidan imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Paxtachi tumani Guliston mahallasida yashovchi Nurullayeva Sitora   tikuvchilikka qiziqishi borligi, lekin tadbirkorligini boshlashi uchun tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini bildirdi. Ushbu masala partiya deputatlari nazoratiga olindi.

Paxtachi tumani Fay mahallasida yashovchi Gulnoza Qorayeva “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, o‘z tomorqasida issiqxona qurmoqchi ekanligini aytdi. Paxtachi tumani bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida issiqxona qurib beriladigan bo‘ldi.

Muloqot davomida bildirilgan murojaatlar yoki hal qilinmagan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

 Nodir To‘rayev,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+