“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

01.03.2024, 22:03

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida  uchrashuv o‘tkazildi

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan turli soha va yo‘nalishlarda qator istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Ulardan biri - “Yangi avlod kadrlari” loyihasi hisoblanadi.

Mazkur loyihani tashkil etishdan kutilgan maqsad - partiya Dasturi va Saylovoldi platformasi, “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan davrda partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Shu maqsadda  mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularni siyosiy partiyalar faoliyati bilan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish o‘ta muhim hisoblanadi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan loyiha doirasidagi navbatdashgi ochiq muloqot O’zbekiston milliy universiteti Jizzax filialida tashkil etildi. Ochiq muloqotda mahalliy Kengash deputatlari , partiya faollari hamda universitetning professor o‘qituvchi va talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida dastavval,  “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”  Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar va partiya faollari tomonidan amalga oshirishga kirishilgan amaliy faoliyat, belgilangan rejalar to‘g‘risida  ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

So‘ngra o‘z faoliyatini boshlaganiga 20 yildan oshgan O’zLiDeP ning bosib o‘tgan siyosiy yo‘li, partiyaning hayotimizda muhim o‘rin tutuvchi siyosiy jarayonlar – saylovlardagi ishtiroki, siyosiy kuchning hududiy bo‘linmalarida “Yoshlar qanoti” guruhi faollarining tutgan o‘rni, deputatlar va partiya faollari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda bugungi kundagi olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shuningdek, partiya saflarida uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan taniqli maslakdosh deputatlar, faollar ham tilga olib o‘tildi.

Ochiq muloqot davomida faol ishtirok etgan, partiya tizimida ishlashga va partiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanishga rozilik bildirgan nomzodlarni partiya faoliyatiga va partiyaviy tadbirlarga keng jalb etishga kelishib olindi. Ularning stajirovkasi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Stajirovkadan ijobiy o‘tganlar ishga qabul qilinishda imtiyozga ega bo‘lishi tushuntirib o‘tildi.

 

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+