Kam ta’minlangan oila xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
06.03.2024, 09:11
O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida Jizzax shahridagi “Madad shifo servis” xususiy klinikasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Taniqli shifokor Mavluda Po‘latova rahbarlik qilayotgan va 2006 yildan buyon aholiga sifatli tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan mazkur klinikada 14 nafar malakali shifokorlar xizmat qiladi. Mazkur klinika bilan O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” guruhi o‘rtasida doimiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Klinikada xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Nevrologiya, Kordiologiya, terapiya, ginekologiya, LOR, stomotologiya, kosmetologiya va boshqa tibbiyot laborotoriyalari shifo istab kelgan bemorlar xizmatida.
Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi X.Olimjon, Mulkanlik, Oq oltin, Toshloq, Shodlik, Ittifoq, Qang‘li MFY larida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, yosh bolali 20 nafarga yaqin uy bekalaridan iborat xotin-qizlar qamrab olindi.
Tibbiy ko‘rik davomida zamonaviy uskunalar tekshiruvi va shifokorlari qabulida bo‘lgan xotin-qizlar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, kerakli tavsiyalar oldilar.
Loyiha doirasida bunday bepul tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tuman, shaharlarida tashkil etilmoqda.
Saida Umaraliyeva,
O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring