Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlari oshirildi

20.03.2024, 19:19

Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlari oshirildi

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida Paxtachi tuman yoshlari va talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yana-da oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan maʼruzalar qilindi.

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputati, tuman hokimi Muzaffar Hamdamov tomonidan Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish va yoshlarning qonunchilik tashabbusida faolligini oshirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda bildirilgan taklif va tavsiyalar, mulohazalar hamda tadbir jarayonida kelib tushgan takliflar asosida, yoshlar bilan tizimli shlash bo‘yicha yo‘l xaritalari tuzildi va  2024 yilda bajariladigan ish rejalar belgilab olindi.

R.Bobojonov,

O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+