Yoshlarning har bir taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

22.03.2024, 12:27

Yoshlarning har bir taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand Iqtisodiyot va servis institutida partiyaning “Yangi avlod kadrlari”  loyihasi doirasida joriy yilgi davlat dasturida ta’lim sohasida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari va deputatlari,  Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni isloh etishga qaratilib, yoshlarni yetuk shakillanishida ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli yangilanishlar amalga oshirilib, rahbar kadrlarni aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, ular boshqarayotgan tizimni chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Davra suhbatida “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida ta’lim sohasidagi yangiliklar Yangi O’zbekistonni shakllantirish jarayonida mamlakatimiz yoshlarini yetuk, bilimdon qilib tarbiyalash va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz taraqqiyotini yanada yuqori bosqichga ko‘taradigan malakali kadrlar tayyorlash, xususan, talaba-yoshlarning puxta bilim olishi, o‘zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

Shuningdek tadbirda “Yangi avlod kadrlari” loyihasining asosiy maqsadi haqida to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash, malakasini oshirish, ularni hokimiyat organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda partiya tizimiga ishga jalb etish, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat yuritishlariga ko‘maklashish kabi yangiliklar yoshlarga batafsil tushuntirildi.

Davra suhbati davomida talabalarning mavzu doirasidagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+