Deputat tashabbusi bilan 52 nafar a’lochi o‘quvchilarga navbatdagi stipendiya berildi

26.03.2024, 12:12

Deputat tashabbusi bilan 52 nafar a’lochi o‘quvchilarga navbatdagi stipendiya berildi

O’zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azizbek Qosimov tashabbusi bilan 2020 yildan buyon Quvasoy shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol va a’lochi o‘quvchilari uchun stipendiya ta’sis etilgan.

Deputat tomonidan an’anaga ko‘ra uchinchi chorak davomida sinflar o‘rtasida eng yuqori natijalarga erishgan hamda maktabda tashkil etilgan fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan navbatdagi 52 nafar a’lochi o‘quvchilarga pul mukofoti topshirildi.

Tadbirda so‘z olgan Quvasoy shahar xokimi o‘rinbosari A.Mamajonov hamda xalq deputati Quvasoy shahar Kengashi deputati A.Qosimovlar barcha o‘quvchilarni yaxshi o‘qishlari, darslarda faol qatnashishlari, kelajakda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib ulg‘ayishlariga katta ishonch bildirdilar.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan maktab jamoasi va ota-onalar ushbu xayrli ishda bosh bo‘lgan deputatga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Shohsulton To‘xtamatov,

jurnalist.

 

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+