Yosh xotin – qizlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

27.03.2024, 12:40

Yosh xotin – qizlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

O`zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tashabbusi bilan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida yosh xotin – qizlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash ishtiyoqidagi qizlar ishtirok etdilar.

- Ma’lumki, mazkur loyiha orqali  xotin-qizlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish kabi bir qator maqsadlar belgilangan, - deydi partiya Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari Fazliddin G’aybullayev. – Shu sabab, mazkur loyiha doirasidagi bugungi tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yosh xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil qilindi.

E’tiborli tomoni, mazkur tadbirni yig‘ilish tarzida emas, balki mahorat darsi sifatida bevosita shahar markazidagi “Ak-sham” MChJda tashkil etilgani, uning samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

“Ak-sham” MChJ rahbari Shamsiya Urunovani ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan “Mahorat darsi” ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish borasida ko‘plab foydali ma’lumotlarni olish bilan bir qatorda, xaridorgir mahsulotlar tayyorlash sir-asrorlarini ham o‘rgandilar.

Marhabo Chuliyeva,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+