O'zLiDePda YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.03.2024, 13:35

O'zLiDePda YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti  Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) Ursula Gachek boshchiligidagi delegatsiyasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi A.Xaitov delegatsiya vakillarini partiya faoliyatining hozirgi kundagi  ustuvor yo‘nalishlari  bilan tanishtirib o‘tdi.

Fikr almashinuvlar chog‘ida keyingi yillarda O’zbekiston siyosiy partiyalarining YeXHT institutlari, jumladan, DIIHB bilan ham  hamkorligi sezilarli darajada faollashgani  qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  atroflicha javoblar oldilar.

Tadbir ochiq va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+