Namangandagi o‘zgarish va yangilanishlar xalqimizni ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda

28.03.2024, 16:31

Namangandagi o‘zgarish va yangilanishlar xalqimizni ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda

Davlatimiz rahbarining har galgi Namangan viloyatiga tashrifini xalqimiz orziqib kutadi. Chunki, Prezidentimiz kelsa yurtimizga fayz-baraka, faravonlik yog‘iladi, deb quvonadi kattayu kichik namanganliklar.

Darhaqiqat, Prezidentimizning bu galgi tashrifi ham yangilanayotgan, rivojlanayotgan viloyatimizga yana-da ko‘tarinlik bag‘ishladi.

Azaldan Namangan xalqi uddaburon, tadbirkor xalq. Ayniqsa keyingi yetti yil davomida aholiga va tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar sababli bugun viloyatimizda hayot o‘zgarmoqda. Buni o‘tgan yetti yil davomida viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetgani, 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ishchi o‘rni yaratilganidan ham bilish mumkin.

Namangan ulkan imkoniyatlar yurti. Prezidentimiz viloyatimizdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha barcha vazifalarni belgalab berar ekanlar, taqdimotlari bo‘lgan loyihalarning har biri hudud iqtisodiyotini yuksaltirish, shahar va qishloqlar obodligini taʼminlash, aholi turmush farovonligini yana-da oshirish, yoshlarni ish bilan taʼminlash orqali xalq roziligiga erishishni bosh vazifa qilib belgilab berdilar.

Sayxunobod tajribasi asosida xonadonlarda gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashish maqsadida kredit ajratilishi, har bir bank mijoz bilan  yangicha yondashuv asosida ishlash lozimligi taʼkidlandi.

Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda  deputatlar va jamoatchilikni ishtiroki va nazorati albatta ijobiy natijaga olib kelishini taʼkidladilar. Bu o‘z navbatida biz mahalliy kengash deputatlariga masʼuliyat yuklaydi. Har birimiz o‘z saylangan hududimizda eng avvalo faol targ‘ibotchi sifatida har bir xonadon, har bir oilaning daromadini oshirish choralarini ko‘rishimiz, aholimizga kerak bo‘lsa moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishda amaliy yordam ko‘rsatishimiz lozim bo‘ladi.

Davlatimiz rahbarining Namangan diyoriga bo‘lgan mehrlarini Tinchlik maydonida o‘tkazilgan iftorlik, unda Prezidentimiz, muftiy hazratlari va nuroniy otaxonimiz Ibrohimxon xoji otalarning ezgu tilaklarga yo‘g‘rilgan duoyu fotihalarida ham aks etib biz namanganliklarni behad to‘lqinlantirdi, kuchimizga kuch g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu galgi tashriflari, viloyatimizni rivojlantirish borasida ilgari surgan g‘oya va tashabbuslari, ular asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar, ko‘z o‘ngimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar xalqimizni ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Men ham ushbu tashrifdan ruhlanib tuman kengashi deputati, "Oqila ayollar" harakati aʼzosi sifatida o‘z oldimga bir qator maqsad va vazifalarni rejalashtirdim.

Hozirgi tahlikali zamonda eng avvalo tinchlikni qadriga yetish, shukronalik va sadoqat bilan Vatanga, xalqqa xizmat qilish yangi O‘zbekistonning yangi Namanganini bunyod etishda shaxsiy naʼmuna va yangicha yondashuv bilan ish tashkil etishni maqsad qilib belgilab oldim.

 

Shohida DEHQONOVA,

Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+