Quyi bo‘g‘in faoliyatiga qanday baho berildi

05.04.2024, 13:10

Quyi bo‘g‘in faoliyatiga qanday baho berildi

Narpay tumanidagi 100 dan ortiq partiya faollarini birlashtirib kelayotgan Markaziy shifoxona qoshidagi BPT da navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “O’zbekiston-2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida  sohalar kesimida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek yig‘ilish davomida ma’ruzachilar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hamda mamlakatimizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor va shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

- Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rolini oshirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda, – deydi mazkur tuman shifoxonasi shifokori, BPT raisi  A.Xudoyberdiyev.

Hozirgi kunda tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufida 6 ta oilaviy shifokorlik punkti, 2 ta oilaviy poliklinika mavjud bo‘lib, jami 1718 nafar malakali shifokorlar, hamshiralar va ishchi xodimlar mehnat qilib kelmoqda.

Yig‘ilish yakunida mazkur quyi bo‘g‘inning 2024 yildagi ish-rejasini tasdiqladilar va muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, BPT raisligiga A.Xudoyberdiyev qayta saylandi.

  Kamola Axmedjanova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+