Tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishildi

19.04.2024, 11:22

Tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishildi

Oqdaryolik tadbirkor Sherzod Ne’matov tashkil etgan xususiy tibbiy klinikada bel va oyoq og‘rig‘i, umurtqa churrasi dardiga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan. U 180 bemorga mo‘ljallangan. Muassasa zamonaviy tibbiyotning ilg‘or uskunalari bilan jihozlangan. Bu yerga Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi qo‘shni mamlakatlardan ham bemorlar shifo umidida kelmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev ushbu maskan mutaxassislari va davolanayotgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlar, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

— Bugun mamlakatimizda qaysi sohada bo‘lmasin xususiy sektor ulushi yuksalib bormoqda, — deydi shifoxona rahbari Sherzod Ne’matov. — Bundan 7 yil oldin eski kolxoz idorasining bo‘sh yotgan qarovsiz binosini nol qiymatda olib, ish boshlagan edik. Berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, yangi bino qurib, faoliyatimizni kengaytirdik. Ammo bugungi kunda chet mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy tibbiy uskunalar, ayniqsa MRT apparati narxlarining yuqoriligi bemorlar uchun shu yerning o‘zida tashxis qo‘yish imkoniyatini bermayapti. Bu muammoni hal etishda imtiyozlar yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+