Deputat Samarqand tumanidagi xususiy bog‘cha, maktab va klinikalar faoliyatini o‘rgandi

19.04.2024, 14:24

Deputat Samarqand tumanidagi xususiy bog‘cha, maktab va klinikalar faoliyatini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Adxam Shodmonov Samarqand tumanidagi  SOGDA TIBBIYOT markazi va “Kamelot plyus” nodavlat ta’lim va maktabgacha ta’lim, oilaviy bog‘chalarda o‘rganishlar olib bordi.

Dastlab, xalq vakili A.Shodmonov va partiya faollari SOGDA TIBBIYOT markazida bo‘lib, markaz faoliyati va bemorlarga yaratilgan shart -  sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur tibbiyot markaz 2019 yilda  tashkil etilgan  bo‘lib, dastlab 30 kishi bilan ish boshlagan bo‘lsa hozirda 60 ga yaqin shifokor va hamshiralar faoliyat olib bormoqda. 30 o‘rinli stotsionar davolash bo‘limi aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

O’rganishlar davomida tibbiyot markazi ma’sullari tibbiy uskunalar olishda imtiyozli kredit yoki subsediyalar olish, binoni kengaytirish uchun qo‘shimcha yer va elektr energiyasidagi uzilishlarni oldini olish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, mehmonlar davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan “Kamelot plyus” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 nafar bolajon tarbiya olayotgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’lim tashkilotida 6 ta sinfda 120 ta o‘quvchi o‘qitilyapti, shuningdek,  mazkur maktab va bog‘chada 25 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bog‘cha 2,3 milliard so‘m imtyozli kredit mablag‘lari asosida qurildi. Maskanda ta’lim-tarbiya jaryoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib borilada. Rus, ingliz tillari chuqur o‘rgatiladi. Rasm, badiiy gimnastika, suzish, raqs to‘garaklarida malakali mutaxassislar mashg‘ulot o‘tkazishadi,  – deydi maktabgacha ta’lim rahbari Aziza Hotamova.

Maktabda 60 nafardan oshiq pedagog kadrlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Maxsus sinflar taalluqli jihoz va uskunalar bilan jihozlangan.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    22
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+