Deputat g‘allaorollik saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi

19.04.2024, 14:41

Deputat g‘allaorollik saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Feruza Nigmatova o‘zi saylangan  35- “G’allaorol” saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida, hududda tomorqachilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ayni paytda  G’allaorol tumanidagi 35 mahallada 187 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aksariyat aholi qishloq hududlarda yashaydigan mazkur tumanda so‘nggi yillarda tomorqachilikni rivojlantirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Tumandagi ilg‘or tomorqachilar kaftdek yerda katta daromad keltirishi mumkin bo‘lgan ekin turlarini parvarish qilib, mahalliylashtirib, eksport qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirib ulgurishgan.    

 “Mulkush” QFY hududidagi  “Obod” maxallasida istiqomat qilayotgan Oqberdi Achilov, Xabiba  Achilova, Xurshidaxon  Akramova  hamda Abduxakim Abilqosimov kabi tomorqachilar ana shunday ilg‘or tomorqachilar hisoblanishadi.

-33 million so‘m kredit olib, issiqxona tashkil qilgan edim. Ayni paytda faqatgina pomidordan yiliga  50 million so‘mgacha  daromad olmoqdamiz - deydi  Xurshidaxon  Akramova.

Sarbozor MFY Yangi bog‘ ko‘chasida istiqomat qiluvchi Abdurauf Bo‘ronov ham tomorqachilikning haddisini olgan sohibkorlardan. Sohaning “qattiq”, biroq totli nonini totib ko‘rgan Abdurauf aka xonadonida parranda, asalari, chorva mollari boqishni yo‘lga qo‘ygan.

Faoliyatini kengaytirish maqsadida yana 35 sotih bo‘sh turgan yer maydonida bog‘dorchilik va ko‘chatchilikni boshladi. Natijada, 10 nafar mahalladoshlarini doimiy ish bilan bandligini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi.

Muloqotlar chog‘ida xalq noibi mahalla aholisiga Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar, yer uchastkalariga bo‘lgan mulk va ijara huquqini e’tirof etishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyati, Davlatimiz rahbarining joriy yil 8-9 apreld kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda tomorqachilikni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Hudud sharoitidan kelib chiqib, tumanda  tomorqachilikni yanada rivojlantirish borasida aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar muhokama qilindi.

Shu bilan birga aholi tomonidan qilingan murojaatlar ham deputat nazoratiga olindi.

 O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    70
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+