Deputat “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
19.04.2024, 14:53
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shaxnoza Xolmaxamatova Yakkabog‘ tumani “Jambul” mahallasi hamda Shahrisabz tumanidagi “Oqdaryo” mahallasi aholisi, mahalla yettiligi bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yashil makon va yashil energiya borasida tushuntirish va targ‘ibot masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida ham batafsil tushunchalar berildi.
Deputat mahalladagi aholi xonadonlariga ham borib, tomorqadan unumli foydalanayotganlariga guvohi bo‘ldi.
- 400 ta shunday tomorqadan samarali foydalangan xonadonlarimiz bor, mahallamiz aholisi judayam mehnatkash, - dedi Oqdaryo mahallasi hokim yordamchisi.
Rostan ham maktab direktori Muzaffar Uzoqov tomorqasida ertachi karam yetishtirish va tomorqa yeridan yiliga 3 marotaba daromad olish tashabbusi qishloq aholisiga va pedagog jamoa a’zolariga o‘rnak bo‘layotganligidan xursand bo‘ldik.
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring