Deputat Oqdaryo tumanidagi mahalla yettiligi faollari bilan uchrashdi

20.04.2024, 17:30

Deputat Oqdaryo tumanidagi mahalla yettiligi faollari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Salixov Oqdaryo tumanidagi Miyonqol mahallasida yangi tashkil etilgan mahalla yettiligi faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida xalq vakili Prezidentimizning Sayxunobod tajribasini viloyatning chekka hududlariga ham yetkazish, aholi daromadini oshirishda tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish choralari yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mahalla nuroniysi Habibillo ota Normurodov mahalladagi 1964 yilda qo‘yilgan yaroqsiz elektr simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish simlarini xavfsiz holatiga keltirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Xalq vakil bu masalani o‘ziga qayd etib, ijrosi bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullariga yetkazib, nazoratga oldi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+