Fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi
21.04.2024, 11:49
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchlik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar olib borishmoqda.
108-Oltiariq saylov okrugidan saylangan deputat Baxromjon Rahmonaliyev saylovchilar bilan ochiq muloqotlar olib bormoqda.
Oltiariq tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘on, Guliston, Eskiarab, G’ayrat, Birlashgan, Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahalla yettiligi" hamda mahalla faollari bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar erishilgan yutuqlar hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor qilindi.
Shu bilan birga suhbat yakunida fuqarolar tomonidan bir qancha murojaat va takliflar olinib tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yetkazilishi va deputat tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.
Deputat Baxromjon Rahmonaliyev tumanning Xo‘jaqo‘rg‘on, Guliston mahallasi faollari va oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida hozirgi kundagi qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirib o‘tildi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring