Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

21.04.2024, 12:23

Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Navro‘z Rizayev, O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov, viloyat Yuksalish harakati rahbari Elyor Hamroyev Samarqand davlat universiteti Urgut filialida professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar O’zLiDePning siyosiy platformasi va kelgusi rejalari haqida keng ma’lumot berish bilan bir qatorda, Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil tuxtalib o‘tdilar.

Bugungi kunda mazkur oliygoh filalida 2 ta fakultet, 11 ta yo‘nalish bo‘lib, 1066 nafar yoshlar bilim oladi. Talaba yoshlar va pedagog xodimlar uchun yangidan rekonstruksiya qilingan binoda barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan.

Uchrashuv davomida oliygoh ma’muriyati tomonidan yoshlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha bino qurish uchun yer maydoniga ehtiyoj borligini ma’lum qilishdi. Mazkur masala vakillar tomonidan nazoratga olinishi qayd etildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+