Sayxunobodlik yoshlarga biznesning sir-asrorlari o‘rgatildi

21.04.2024, 13:55

Sayxunobodlik yoshlarga biznesning sir-asrorlari o‘rgatildi

«O’zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturini ijrosi va Prezidentimizning Sayxunobod tajribasini viloyatning chekka xududlariga ham yetkazish, aholi daromadini oshirishda zamonaviy kasblar, tadbirkorlik, tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Sayxunobod tumanida birqancha samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi tomonidan 1-sonli kasb-hunar maktabida yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” shiori ostida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda partiyaning Sayxunobod tuman Kengashi deputati, tadbirkor Oybek Niyazov, partiyaning apparat rahbari Abdujabbor Ernazarov, tadbirkor Baxodir Eshonov, 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori Sherali Jo‘rayev va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

"Hech bir ishga, mavqega osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Barchasi o‘zingizning mehnatingiz va harakatingizga bog‘liq. Men qila olmayman deb o‘tirsangiz, siz aniq qila olmaysiz. Maqsadingizni aniq qilib, unga bor kuchingizni sarflang. Osonlikcha erishilgan narsalar, osonlikcha ketadi", deydi tadbirkor Oybek Niyazov.

Tadbir tashkilotchilari loyiha ishtirokchilarini “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-kurslariga taklif etishdi. Tadbir o‘quvchi yoshlar tomonidan berilgan qiziqarli savollar va ularning javoblari bilan yuqori kayfiyatda o‘tdi.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+