Deputatlik eshituvi: Termiz shahrida chiqindilarni tashish, ularni qayta ishlash jarayonlari qanday olib borilyapti?

23.05.2024, 10:33

Deputatlik eshituvi: Termiz shahrida chiqindilarni tashish, ularni qayta ishlash jarayonlari qanday olib borilyapti?

So‘nggi yillarda mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Termiz shahrida ham aholi turar joylaridan chiqindilarni tashish, ularni qayta ishlash jarayonlari qanday olib borilayotgani bo‘yicha O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan eshituv tashkil etildi. Unda ushbu mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan “Bio Texno Eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullarining hisoboti tinglandi.

Mazkur MChJ Termiz shahridagi 37 ta mahallaga 5419 ta xonadonga 179 598 nafar aholiga to‘liq kunlik hamda “Signal” uslubida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida esa yaqinda “Pattakesar” mahallasida chiqindilarni qayta ortish stansiyasi ishga tushirildi. Shaharni doimiy toza saqlash maqsadida korxonaning 27 ta texnikasi jalb etilgan bo‘lib, kuniga 400 tonnadan ortiq chiqindilar olib chiqib ketilmoqda.

Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni ortish uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalar masofadan turib boshqarish sistemasiga ulanib, kuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Ma’sul mutaxassis tomonidan har bir  texnikaning kunlik ish soati, ish sifati, texnikaning to‘xtab qolish sabablari har soniyada nazorat qilinib borilmoqda, yuzaga kelgan texnik nosozliklar zudlik bilan bartaraf qilinib, sifatli xizmat ko‘rsatishni  ta’minlash bo‘yicha  barcha zaruriy choralar tadbirlar  amalga oshirilmoqda.

          Shahar hududini sanitariya jihatdan tozaligini ta’minlash maqsadida 400 dan ortiq beton qoplamali temir konteynerlarga talab ehtiyoj borligi aniqlanib, hozirgi kunda 60 dona yasaldi va shahar ko‘chalariga o‘rnatildi, bundan tashqari 110 dan ortiq 1 kubali temir konteynerlar yangisiga almashtirildi.

Aholi xonadonlarida to‘plangan qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan yo‘nalish jadval bo‘yicha “Signal uslubida” olib chiqib ketilishi jamiyatning dispetcherlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan  doimiy nazorat qilib borilmoqda.

          Eshituv davomida jamiyatning faoliyati haqida to‘liq ma’lumot berildi. Deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+