Do‘ppichilik ortidan “Shuhrat” medaligacha

23.05.2024, 11:51

Do‘ppichilik ortidan “Shuhrat” medaligacha

 

Chust shahri Namangan shahridan 37 km uzoqlikda joylashgan. Namangan viloyatining ushbu shahri Farg‘ona vodiysidagi eng qadimgi aholi punktlaridan biridir.

Chust shuningdek, bosh kiyimlari bilan ham mashhur. Ushbu shaharning do‘ppilari naqshlari va balandligi bilan boshqalarnikidan farq qiladi. Ular o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan turli xil naqshlarga ega.

Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi. Tepasining har bir karjida 4 ta qalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doira) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi.

Chustlik hunarmand ayollarning ishlari doim yaxshi. Qolaversa, ular tez-tez birlashadilar va bosh kiyimlarining yangi modellari ustida ishlashadi.

Yaxshi kayfiyatda, bir-birlari bilan muloqot qilishdan zavqlanib, qizlar mahorat sirlarini tezda o‘rganadilar. Chustlik har bir hunarmand bosh kiyimlarining bezak motivlarini yoddan bilishadi, lekin shu bilan birga u naqshlarini har tomonlama boyitadi, xayol qiladi, o‘ziga xos bir narsani o‘ylab topadi. Natijada, mahalliy aholi va shahar mehmonlari orasida katta talabga ega bo‘lgan chiroyli bosh kiyimi (do‘ppi) tayyorlanadi.

Chustning Yakkabuloq mahallasida istiqomat qiluvchi Nilufar Vohidova ham 7 yildan buyon mazkur yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Hozirda 12 nafar shogirdlari yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik qilmoqda. 20 nafari esa Nilufar opa bilan birga soha sir-asrorlarini o‘rganib kelmoqda.

2023 yilda mamlakatimiz rahbarining Namangan viloyatiga qilgan tashriflarida Nilufar Vohidovaning tayyorlagan mahsulotlari Prezidentimiz e’tiroflariga sazovor bo‘lib, "Shuhrat" medali bilan taqdirlanadilar. Nilufar opa “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tuman bosqichiga yo‘l oldi.

“Umuman, partiya tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlov joylardagi ishbilarmon ayollarga, biz kabi yoshlarga mahorat maktabi vazifasini o‘tamoqda. Yangi-yangi marralarni egallashimizga kuch g‘ayrat bag‘ishlamoqda. Tanlov g‘olibligi menga bildirilgan katta ishonch ekanligini yaxshi anglab turibman. Bu ishonch esa, albatta, juda katta mas’uliyat ham yuklaydi. Nasib qilsa, bundan keyin ham Yangi O’zbekistonimizning gullab-yashnashi uchun bor kuchu g‘ayratimni ayamayman”, - deydi “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichi g‘olibi Nilufar Vohidova.

O’zLiDeP Namanan viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+