O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

05.06.2024, 10:43

O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashining joriy yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Samarqand shahar “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksini barpo etish direksiyasida tashkil qilingan tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari, viloyat Faxriylar Kengashi a’zolari, viloyat tadbirkorlar Kengashi a’zolari qatnashdilar.

Tadbirda partiya viloyat Faxriylar Kengashi raisi Haydar O’roqov so‘zga chiqib, O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi tomonidan partiyaviy maqsad va g‘oyalaridan kelib chiqib joylarda olib borilgan targ‘ibot tadbirlari, amaliy ishlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdilar. Xususan, 45 ta davra suhbatlari, uchrashuvlar va tadbirlar, hasharlar tashkil etilganini qayd etdi. Tashkil etilgan tadbirlarda 1000 dan ortiq xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, partiya faollari, partiya faxriylari hamda yoshlar ishtirok etgan.

Jumladan, partiya viloyat Faxriylari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ma’naviy targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida “Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘onidir” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, 1500 ga yaqin yoshlar qamrab olingan.

Shuningdek tadbirda viloyat Faxriylar  Kengashi raisi, tadbirkor Haydar O’roqov tashabbusi bilan hududlardagi Ayollar va Yoshlar daftarida ro‘yxatda turgan 80 nafar yigit - qizlar Samarqand tumanidagi Navobod nasilli parranda korxonasiga ishga qabul qilinib bandligi ta’minlangani qayd etildi.

Tadbir davomida O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov, mazkur direksiya rahbari Akbarali Qayumov, faxriylar so‘zga chiqib, yoshlarimiz uchun keksa avlod vakillarining katta hayot maktabi saboqlari, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, Vatanga bo‘lgan sadoqat, shu bilan birga yurtimizdagi o‘zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashash ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan islohatlarga to‘xtalishdi.

Tadbir ishtirokchilari “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksi loyihasi taqdimoti bilan tanishishdi.

         Aytish mumkinki, Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi ushbu direksiya 2023 yil 20 iyulda Prezident qarori asosida tashkil qilingan bo‘lib, 2030 yilgacha qurilishi ko‘zda tutilgan 665 gektar maydonni egallagan zamonaviy Shirin shaharchasining barpo etilmoqda.

Davra suhbati bayram tadbirlariga ulanib, faxriy nuroniylar davrasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan partiya faollari tomonidan 10 nafar voyaga yetmagan bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Jaxongir Xujamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+