O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.06.2024, 16:03

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining joriy faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda deputatlarning faolligini oshirish, davlat va jamiyat ahamiyatidagi dasturlar ijrosiga yana-da masʼuliyat bilan yondashish muhim vazifa ekanligi alohida qayd etildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, olib borilayotgan jadal islohotlarning natijalari hamda ularning bosh maqsadi inson hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va manfaatlariga qaratilganligi taʼkidlandi.

Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, partiya boshlang‘ich tashkilotlari, partiya deputatlari faoliyati  tahlil qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat Kengashi yig‘ilishda shuningdek, tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Guliston shahridagi “Xalima Xudayberdiyeva” nomidagi ijod maktabi direktori, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Axmedjanova Pokiza Shavkatovna O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi etib saylandi. 

Majlis nihoyasida O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi vazifalari bo‘yicha qaror qabul qilindi.

     O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+