Urganchdagi IT-parkda “Intellektual avlod” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi

12.06.2024, 12:11

Urganchdagi IT-parkda “Intellektual avlod” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi

Barchamizga maʼlumki, yurtimiz aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil qiladi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish islohotlar jarayonidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois keng jamoatchilik tomonidan bu borada zarur ishlar olib borilmoqda.

Hududlardagi IT park rezidensiyalari bilan hamkorlikda mahallalardagi uyushmagan va oliy taʼlim muassasalarining ko‘ngilli talabalari ishtirokida IT park binosida “Intellektual avlod” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan tadbir axborot-kommunikatsiya sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun yana-da samarali kechdi. Unda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, dasturiy mahsulotlar, turli loyihalar xususida maʼlumot berildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda fan va texnologiyalarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar  samaradorligini oshirish, barcha sohani rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish,  murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

Zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish, yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, tafakkuri va dunyoqarashini boyitish, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash, yosh olimlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish borasida samarali ishlar olib borilayotgani eʼtirof etildi.

  • Ko'rildi
    19
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+