AQShning Arzizona universiteti talabalari sonli texnologiyalari borasidagi bilimlari bilan bo‘lishdi

15.06.2024, 11:25

AQShning Arzizona universiteti talabalari sonli texnologiyalari borasidagi bilimlari bilan bo‘lishdi

Yoshlarni raqamli texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish maqsadida 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Raqamli texnologiyalari zamon va makonga mos” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda AQShning Arizona universitetining talabalari Azizbek Tolibekov va Dao‘ranbek Kadirimbetovlar mehmon bo‘lib, ingliz tili va sonli texnologiyalarning bugungi kundagi muhim sifatlarini misollar bilan keltirib o‘tdi.

-Men bolaligimda diplomat bo‘lishni orzu qilardim vaqt o‘tishi bilan finansist bo‘lish istagi paydo bo‘lgan, maktab bitirishimga yaqin sonli texnologiya sohasida talim olishga o‘sha sohada ishlashga qaror qildim. Mana Arizona universitetini birinchi bosqichini tugatib, ona shahrim Nukusga kelib, “IT Park” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida amaliyot o‘tayabman. Qarorim to‘g‘ri bo‘lganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Respublikamizda bu sohani rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shaman, - deydi talaba Azizbek Tolibekov.

- Prezident maktabiga borishdan oldin oddiy maktab o‘quvchisi bo‘lganman. Rus sinfida o‘qiganman. Ingliz tilini har hil o‘quv kurslarida o‘rganib, Prezident maktabiga qabul qilganimdan keyin yanada chuqurroq o‘rganib, atrofimizdagi hamma bilan muloqat qilish jarayonida ravon gapirishni boshlaganman. Ammo Amerikaga borganimdan keyin tug‘ilishi bilan ingliz tilida gapirgan insonlar bilan mening nutqim orasida katta farq bo‘lishini tushundim. Bu esa menga yanada ko‘proq o‘qishim, o‘rganishim kerakligini anglatdi. Bugun tengdoshlarim va ukalarimga til va bilim olishdan bir kun ham to‘xtamang, zero bilimli inson (mutaxassis) hamisha hamma joyda kerak. Kerakli inson bo‘lish esa juda yaxshi,- deydi AQShning Arizona universiteti talabasi  Dao‘ranbek Kadirimbetov. 

Klara Xudaybergenova,
 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    10
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+