Sirdaryolik yoshlar ishtirokida “Tadbirkorlikka ilk qadam” loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi

15.06.2024, 11:28

Sirdaryolik yoshlar ishtirokida “Tadbirkorlikka ilk qadam” loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish islohotlar jarayonidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois keng jamoatchilik tomonidan bu borada zarur ishlar olib borilmoqda.

30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zLiDeP Sirdaryo viloyat va Sayhunobod tuman Kengashi vakillari, deputatlar, tuman Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, “Yoshlar qanoti” faollari va bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Tadbirkorlikka ilk qadam” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Sayhunobod tumanida xozirgi kunda 19 nafarga yaqin yoshlar o‘qish, tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha mexnat qilishmoqda. Tumanda 477 ta fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib shundan 15 nafarga yaqini yoshlardir. Ularda mingdan ziyod yoshlar doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Qolaversa 17 076 ta tomorqalarda 5 000dan ziyod yoshlar mexnat qilib o‘z oilalarini daromadlariga xissalarini qo‘shmoqdalar.

Tumanda joriy yilda tumanda 500 gektar yer maydonlari yoshlarga ajratilgan. Ushbu yer maydonlariga asosan poliz ekinlari, bug‘doy, takroriy ekinlardan mosh, kungaboqar hamda oshqovoq mahsulotlari ekilib, ularni bevosita mahalliy bozorlarga chiqarish uchun mexnat qilib kelmoqdalar.

Shunday yer egalaridan biri Sh.Bobobekovning faoliyati bilan tanishildi. U o‘zining 5 nafar oila azolari bilan birgalikda 2 gektar yerdan unumli foydalanib, bir gektariga tarvuz, qolgan bir gektariga bug‘doy yetishtirish orqali yiliga o‘rtacha 80 million so‘mgacha sof daromad ko‘rishni maqsad qilgan. Bundan tashqari u mosh yetishtirish orqali qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lmoqda.

Shundan so‘ng ishtirokchilar bug‘doy ekish bilan shug‘ullanib kelayotgan U.Ro‘ziyevning faoliyati bilan tanishdilar. U o‘zining 4 gektar yer maydonida 4 nafar oila a’zolari bilan birgalikda 18 tonna bug‘doy olishni maqsad qilgan. Takroriy ekinga esa mosh yetirish niyatida. Yiliga oila a’zolari bilan birgalikda 70-80mln. so‘m daromad olishadi.

Forum yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga partiyaning tuman Kengashi raisi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    13
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+