Yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar

15.06.2024, 11:35

Yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi  tomonidan 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar – Yangi O’zbekistonning bunyodkorlari!” shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda Ӯzbekiston 2030" strategiyasini yoshlarga oid maqsadlardagi vazifalarni amalga oshirishda partiya loyihalarining hamohangligi va ahamiyati to‘g‘risida aytib o‘tildi. Xususan, "O’zLiDeP PRESS KLUBI", “Parlamenda yoshlar o‘rni”, “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” va “Yosh innovatorlar va texnologlar”, “Yosh tadbirkorlar Ligasi”, “O’zLiDeP yoshlar bilan”, “Yosh siyosatchilar Ligasi”, “Yoshlar parlamenti-kelajak qadrlari”, “O’zLiDePdan huquqiy yordam” loyihalari amalga oshirib kelinyapdi. O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” qoshida “Volontyorlar klubi”, “Yosh siyosatchi qizlar” klubi tashkil etilgan. Bu guruhlarda 200 yaqin yoshlarimiz, volontyorlarimiz qamrab olingan. Ushbu yoshlarmiz bilan ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda Toshkent shahar partiya tashkiloti tarkibida 121055 nafar partiya a’zolarimiz bor. Shundan, 75219 nafari 34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Partiyaga a’zo bo‘lgan tadbirkorlar 17338 tani tashkil qilib, ulardan 34 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlar 1925 nafarni tashkil qiladi.

Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    14
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+