Namangan shahar hokimi birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Xoliqov O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

15.05.2018, 09:30

Namangan shahar hokimi birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Xoliqov O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Bu haqda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda shaharning eksport salohiyatini yanada oshirish, bu borada tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Namangan shahar hokimi birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Xoliqovning axboroti tinglandi.  

–Joriy yilning 1-choragi davomida shaharda eksport rejasi ortig‘i bilan bajarilgan bo‘lsada, uning hajmini yanada ko‘paytirish uchun foydalanilmagan imkoniyatlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor,  – deydi U.Xoliqov. – Shu bois eksport ko‘lamini kengaytirish uchun eng avvalo, korxona va  tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlarida huquqiy, iqtisodiy bilimlarni oshirish darkor. Yana bir muammo. Bugun dunyo bozoridagi narxlar kun sayin o‘zgarib turibdi. Bu esa  eksportchilarga, ayniqsa, mavsumiy harakterga ega bo‘lgan meva-sabzavotlarni xorijga chiqarmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga turli qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shu sabab ushbu jihatlarni inobatga olgan holda shaharda 16 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan xolodilniklar hajmini 20 ming tonnaga chiqarish choralarini  ko‘ryapmiz.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Hakimjon Yakubboyev hamda shahar bo‘yicha vakil  G‘ofirjon Habibullayevlarning hisoboti eshitildi.  

Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan 2018 yilning 1-choragi davomida  Namangan shahridagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi yuzasidan aniq ma’lumot berilmagani uchun hisobot deputatlik guruhi a’zolari tomonidan qoniqarsiz deb baholandi.

Mazkur masalaga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Xoliqov oydinlik kiritib, shahardagi “Orzu”, ”Majnuntol”, “Ilg‘or”, ”Chamanzor” kabi mahallalarda homiylik yo‘li bilan yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan har ikki masalani xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritishga kelishib olindi.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1564
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Одинахон Тургунова Андижон туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-17 09:38:54

Депутатлар фаолиятида эшитувларнинг айниқса хоким ўринбосарларини ҳисоботи амалий ишларни натижадорлигига эришишда катта имкониятлар туғдиради.


З.Сейткамалова Тахиатош тумани БПТ раиси2018-05-16 10:41:49

Жойларда депутатлик гуруҳлари томонидан мансабдор шахсларнинг фаолияти билан боғлиқ масалаларга доир ахборотлари эшитилмоқда. Бу жуда яхши. Аммо мансабдор шахсларнинг ахборти эшитувига тумандаги партия фаолларини, БПТ раисларини, тадбиркор ва фермерларни хам чакириш керак


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-05-15 19:44:08

Депутатлик гуруҳи йиғилиши юксак даражада ташкил этилганлиги кўриниб турибди. Бизнинг тажрибамиздан келиб чиққан ҳолда келгусида бундай йиғилишлар бевосита сайлов округларида МФй лари билан ҳамкорликда фуқаролар иштирокида эшитилса, раҳбарлар яна бир халқ олдидга борган ва депутатлар эса халқ билан ҳокимият ўртасидаги кўприк вазифасини янада самарали бажарган бўлур эди.


Г.Олтинова-Навбаҳор тумани2018-05-15 19:26:01

Ҳисобот эшитувлар самарадорлиги билан ажралиб туради.


Жаббаров Умрбек Ражапбаевич ЎзЛиДеП Беруний тумани Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 18:49:14

Депутатларимизга куч ва ғайрат тилаймиз. Чарчаманг


Бабаджанов Гофур Бахтиярович Халқ депутатлари Беруний тумани Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-05-15 18:48:23

Мухтарам Президентимизнинг Олий Мажлисга қилган мурожаатидан сўнг депутатларимиз фаоллашди мени назаримда


O‘zlidep Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi Kelajak deputatlari guruhi a‘zosi G‘offorov Soatali2018-05-15 18:38:37

Deputatlarimizga yanada kuch-g‘ayrat va shijoat tilaymiz xalqni dardini xalqni muammolarini yechilishiga yordamini ayamaydi.


Гандимтош БПТ раиси Д.Қурбонова Жиззах вилояти2018-05-15 18:32:43

Хар бир депутат ўзининг депутатлик мақоми фаолиятини одилона ва фаол олиб бориши,бунданда юқори кўрсаткичларга эришилишга ҳеч қандай шак-шубҳа қолмайди.


Иглим2018-05-15 17:57:38

Хоким уринбосарларни хисоботини эшитиш яхши туманда булаетган ишлар тугрисида тадбиркорлар хам билишади ва шунга караб саволар булади


Азамат Сафаров O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши2018-05-15 17:20:52

Барча раҳбарлар халқ олдида ҳисобдор ҳисобланади. Уларнинг депутатлар олдида ҳисобот бериши табиий ҳол. Фақат уларнинг ижроси жамоат назоратида бўлиши лозим. Бу ўз навбатида депутатлардан қаттиқ позицияни талаб этади. Натижада самарадорликка эришиш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+