Yangicha ishlamay turib, natijaga erishib bo‘lmaydi

24.04.2017, 18:53

Yangicha ishlamay turib, natijaga erishib bo‘lmaydi

Prezidentimizning Saylovoldi dasturida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh qilish borasida 2017–2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasi ishlab chiqilgani qayd etilib, uni amalga oshirishda birinchi navbatda, yurtdoshlarimiz, butun xalqimizning aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyatiga tayanamiz, deya qayd etilgan edi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalar joylarda keng jamoatchilik ishtirokida qizg‘in muhokama etilmoqda.

Xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining mahalliy kengashlarida o‘tkazilayotgan maxsus o‘quv seminarlari Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan partiya oldidagi muhim vazifalar ijrosiga bag‘ishlanmoqda.

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashida o‘tkazilgan o‘quv-seminarga jalb etilgan partiyaning tuman Kengashlaridagi faollar, Xalq deputatlari tuman kengashidagi partiyaning deputatlik guruhi a’zolari partiyaning tuman Kengashi ish faoliyatini yanada rivojlantirish masalasida kengashdilar.

Ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimiz siyosiy hayotida yetakchilik mavqeini kasb etib borayotgan O‘zLiDePning tuman ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni va nufuzi ham e’tirofga arzirli. Xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashida O‘zLiDeP deputatlari ko‘pchilik (jami 14 o‘rin ) o‘rinni band etganlar. Bu partiyaning deputatlik guruhiga alohida mas’uliyat yuklaydiki, xalq ishonchini qozongan partiya deputatlari ishonchni oqlamoq yo‘lida bor g‘ayratlarini namoyon etishlari, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda faol ishtirok etishlari lozimdir.

—200 mingdan ziyod aholi istiqomat  qilayotgan tumanimiz  iqtisodiyoti  asosan agrar sohaga ixtisoslashgan, - deydi Xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Tohirjon G‘ofurov. - Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda partiya pozitsiyasidan kelib chiqib, hududda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarimizni berishimiz kerak. Qolaversa, bizga berilgan vakolat doirasida hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish, eng asosiysi aholining muammolarini hal etishda tashabbusni oshirish lozim. Zero, davr talabi darajasida ishlamay turib, natijaga erishib bo‘lmaydi.

Qizg‘in muloqot tarzida o‘tgan mazkur o‘quv seminarda ishtirok etgan  O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi mafkuraviy, tashviqot-targ‘ibot bo‘limi mudiri Rustamjon Hakimov 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalar  xususida  seminar ishtirokchilariga tushunchalar berarkan, partiyaning tuman Kengashi ishini rivojlantirish,  buning uchun esa partiyaning quyi bo‘g‘ini-boshlang‘ich partiya tashkilotlari  ishini jonlantirish, BPTlarning deputatlar bilan aloqalarini mustahkamlash hamda partiyaning tuman Kengashi faoliyatini matbuotda keng targ‘ib etish, nihoyat, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda davlat vakillik organlariga bo‘ladigan kelgusi saylovlarda munosib ishtirok etish uchun partiyaning tuman Kengashida salohiyatli kadrlar zahirasini shallantirib borish  masalalariga atroflicha to‘xtaldi.

Seminar ishtirokchilari Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib,  partiyaning tuman Kengashi ishini rivojlantirish borasida vazifalar belgilab oldilar.

                                                                           Rustamjon Mirazimov,

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman

                                                                            Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1646
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-12-10 08:42:20

Қишлоқ хўжалиги ходимлари куни байрами билан чин дилдан табриклайман. Мамлакатимизнинг озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, халқимиз дастурхонини фаровон қилишда олиб борилаётган ишларга омадлар тилайман.


Фурқат туман Кенгаши депутатлик гурухи ижрочи котиби З.Хаитова2018-12-09 16:15:20

Партиямиз электорати бўлган фермерларни “Қишлоқ хўжалиги ходимлари куни” муносабати билан чин дилдан масъулият билан амалга ошириб келаётган мехнатларини рохатини кўришини тилаб қоламан.


Даврон Темиров O‘zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-12-09 12:03:25

Тупроғи олтинга тенг бўлган, бебаҳо еримизга эгалик қилиб турган партиямиз электорати бўлган фермер хўжаликларига ҳукуматимиз томонидан яратиб берилаётган имтиёз ва имкониятлардан самарали фойдаланган ҳолда ғалла ва бошқа қишлоқ хўжалик экинларидан юқори ҳосилдорликка эришиб, давлатимиз хирмонини, халқимиз дастурхонини тўлдириш, ўз даромадларини ошириш ва озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашдек масъулиятли ишларпига доим омад ёр бўлишини тилаб қоламиз..


Fikringizni qoldiring

+