25 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar garovsiz beriladi

13.06.2018, 18:15

25 million so‘mgacha bo‘lgan  kreditlar garovsiz beriladi

Aholiga imtiyozli kreditlar ajratish, kasanachilik va mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad ishlab topish imkonini yaratish, tadbirkor oilalar ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi va servis shoxobchalarini barpo etish, ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonuniylashtirish – Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarori bosh maqsadidir. Bu haqida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tmonidan qaror mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqotda ta’kidlab o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda istiqomat qilayotgan aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush sifati va darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Dasturda aholiga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit taqdim etish bo‘yicha aniq va sodda me’yorlar belgilangan. Qarorga muvofiq, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olinayotgan imtiyozli kreditni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozliq va yugur-yugurlar talab etilmaydi. Qarorga muvofiq, eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan kredit mablag‘lari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida berilishi ko‘zda tutilgan.

Dasturda ilgari tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholi qatlamiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tashabbus samaradorligini ta’minlash maqsadida tajribali tadbirkorlarni endigina biznes bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish – mini-klasterlar tashkil etiladi. Qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga hech qanday moneliksiz beriladi.

Dasturga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhlar tuzildi. Bundan tashqari, investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalariga mas’ul xodimlar rahbarligida Aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tavsiyalar berish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar ham faoliyat olib boradi. Ishchi guruhlar zimmasiga tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholiga hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish orqali ularning faoliyatiga ko‘maklashish kabi vazifalar yuklatildi. 

Dasturga muvofiq tuzilgan – Hududiy ishchi guruhlar esa bevosita aholi bilan ishlaydigan guruhdir. Hududiy ishchi guruh har bir oila va xonadonni tadbirkorlik bilan shug‘ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ularning tadbirkorlik g‘oyasi va ko‘nikmasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kredit ajratishni tashkillashtirish, aholining shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish va ularni amalga oshirish ham Hududiy ishchi guruhlarning vazifasidir.

Ochiq muloqotda ta’kidlanganidek, mazkur qaror bevosita O‘zLiDePning dasturiy maqsad-vaziflariga uyg‘un va hamohang. Shu bois qarorda belgilangan har bir vazifa partiyaning barcha tuzilmalari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Xususan, “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini yanada takomillashtirish, loyiha doirasida tadbirkor oilalar safini kengaytirish bo‘yicha aniq taklif-tavsiyalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘nggida yurtboshimizning mazkur qaroridan kelib chiqib, partiyaviy loyihalarni tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada boyitishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    66635
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Саломат2022-05-17 00:25:15

Менга кридит жуда зарур илтимос кандай олсам болади


Iobar Ismatova 2022-05-13 11:09:13

man 2004 yil tugilganman . maktab oqiyman .qanday qilib foizsiz kredit chiqarsam boladi. yordam berishingizni sorayman


Дилдора2022-03-24 22:18:55

10 милон керак эди канакиб осам болади


Qodomov Qodomboy2022-02-22 23:46:27

Assalom aleykum to'g'ri tadbirkorlikni riojlantirish haqida ko'p muhokamalar bo'lyapti qonunlar chiqyapti lekin unga amal qilinmayapti shahsan mani o'zim ishlap chiqarish sehini ochish yo'lga qo'yish uchun ariza berdim kiridit olish uchun ariza berganimda kafilsiz deyishdi kegin birta kafil kerak deyishdi kegin ikkita deyishdi bundan hulosa qilsak bank tizimida qanday o'zgarishlar bo'lgan tadbir korlikni rivojlantirish bo'yicha mani tushunishim bo'yicha oddiy men qotor halq kiridit olib o'z ishini yo'lga qo'yishini faqat orzu qilqdi tanishlari ko'p yuridik shaxsal har qonday turdagi kiridit olishlari mumkin nimaga bu imkoniyat bizga berilmaydi


марғубв иботова2022-02-01 13:18:42

kreditga pul kerak edi qanday olsa bõladi?


Shaxzod2022-01-30 23:23:14

Qanaqa qilib osa buladi kredit


Umida2022-01-29 18:50:32

Men talabaman. Õz biznesimni ochmoqchiman. Tadbirkirlikni boshlashim uchun 20 mln kredit kerak. Kafilsiz õz nomimga olsam bõladimi


Zilola 2022-01-19 08:00:39

Manga extiyojim uchun pul kerak qanday olsam bo‘ladi?


Akromov Avazjon2021-12-06 14:23:04

Assalomu alekom men kredit olmoqchiman oilavi momola tufayli yordam bervorila


Шохжахон2021-12-06 03:06:29

Yangi Ozbekiston bir yosh oila uchun hayot eshiklarini ochishga yordam bersaydi. Bir biznes yolga qoyardim. Imtiyozli kredit foizsiz nahotki berolmaysizlar.


Fikringizni qoldiring

+