Qo‘shrabotda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovidan 109.5 million so‘m undirilmay qolgan

10.07.2018, 15:35

Qo‘shrabotda kichik korxonalar uchun yagona soliq  to‘lovidan 109.5 million so‘m  undirilmay qolgan

Bu haqda Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik  guruhining navbatdagi yig‘ilishida alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda deputatlar tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Abror Xolmatovning hisobotini tingladi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yil 1-choragi davomida tuman mahalliy budjet daromadlari kontingent ijrosi 9 milliard 839 million so‘m xarajatlari 22 milliard 378.1 mln so‘mga bajarilishi ta’minlanib, budjetga  qo‘shimcha 897,3 mln so‘m tushirilgan.

– Shuningdek, tuman mahalliy budjeti 2018 yil 1-chorak daromadlari  rejasi 4 milliard 073.8 mln so‘mga belgilangan bo‘lib, shu yil 1-chorak budjet ijrosi davomida 4 milliard 386.1 mln so‘mga bajarildi va mahalliy budjetga 312.4 mln so‘m qo‘shimcha daromad tushirildi, – deydi A.Xolmatov. – Lekin tuman mahalliy budjeti daromadlarining umumiy prognoz ko‘rsatkichlari  bajarilgan bo‘lsa-da, ayrim  soliq turlari  bo‘yicha  hususan, kichik  korxonalar uchun yagona soliq  to‘lovidan jami 109.5 million so‘m  undirilmay qolgan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-11 16:14:29

Joylarda deputatlik guruhlarining yig'ilishlarida mutasaddilarning hisobotlarini eshitish ularni o'z faoliyatiga nisbatan ma'suliyat bilan yondoshishiga sabab bo'lsa ajab emas.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-11 09:49:43

Deputatlik guruhi eshituvlari o'zining yaxshi samaralarini beribgina qolmay eshitilayotgan tashkilot rahbarlarini o'z ishiga masuliyatini ham oshirmoqda.


Fikringizni qoldiring

+