O‘zLiDeP faollari jondorlik fermer Nodira opaga 35 ta naslli qoramol uchun kredit olishda ko‘maklashdi, endigi navbat yem-xashak uchun yer ajratib berish

07.09.2018, 10:05

O‘zLiDeP faollari jondorlik fermer Nodira opaga 35 ta naslli qoramol uchun kredit olishda ko‘maklashdi, endigi navbat yem-xashak uchun yer ajratib berish

O‘zLiDeP faollari Jondor tumanidagi “Hazorman” va “Oq tepa” MFYlar o‘ramidagi xonadonlarda bo‘lganlarida aholining farovon turmush kechirishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammolarga duch keldilar. Jumladan “Hazorman” qishlog‘i aholisi uchun hanuzgacha maishiy xizmat shaxobchalari tashkil etilmagan. Maktabgacha ta’lim muassasasining zamonaviy binosini qurish fursati ham allaqachon yetib kelgan. Elektr ta’minotidagi uzilishlar belgilangan joylarga yangi transformatorlarni o‘rnatishni taqozo etayapti. Qishloqda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kishilar shu masala bo‘yicha partiya faollari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga murojaat etdilar. Ana shunday tadbirkorlardan biri Ariuxan Reymova bo‘lib u aholiga namunali xizmat ko‘rsatish maqsadida savdo do‘koni ishini yo‘lga qo‘ymoqchi. Shu maqsadda tijorat bankidan kredit olishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan. Bu masala yaqin orada hal etiladigan bo‘ldi.

“Oq tepa” va “Hazorman” qishloqlarida ishsizlik masalasi ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu masala bo‘yicha ishchi guruh a’zolariga 16 kishining murojaat etganligi fikrimiz isbotidir. Ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi va shu tariqa hududdagi “Yevrosnar”, “Alfa-Omega” MChJlarida, “Jondor paxta tozalash zavodi” OAJ, “Jahongir Muhriddin” fermer xo‘jaligi, “Shijoat tekstilmash” xususiy firmasida ishlash imkoniyati mavjudligi aytib o‘tildi.

“Oq tepa” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar – Safar O‘rinov, Narzillo O‘rinov, Oybek Qurbonov, Malika Bozorova va Xalil Ro‘ziyev singarilar esa o‘zlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda tabiiy gaz bosimi nihoyatda pastligini, qish-qirovli kunlarda uylarni isitish muammo ekanligini aytib o‘tdilar.

“Oq tepa” MFYdagi xonadonlarning birida istiqomat qiluvchi Nodira Rajabova chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududdan 20 gektar yer ajratish masalasini hal etib berishni so‘radi. Ayni paytda u 80 bosh qoramolni parvarish qilmoqda. Shartnoma asosida xorijdan yetkazib berilayotgan 35 bosh zotli qoramolni talab darajasida parvarishlash uchun shuncha gektar maydonga ehtiyoj sezayapti.

Partiya faollari ko‘magida shu kabi muammolar hal etilsa, ikkala MFYdagi 749 ta xonadonda yashovchi 3846 nafar kishining O‘zLiDePga bo‘lgan ishonchi yanada ortib, kelgusida maslakdoshlar safi kengayadigan bo‘ladi. Hududda bugungi kunda 7 ta fermer xo‘jaligi, 44 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatayotganligi partiya elektorati vakillarini aynan shular hisobidan ko‘paytirish imkonini berishi turgan gap.

                                            O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1071
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жамшид2019-04-15 18:23:19

Зур яхши булибди яна шунака нияти борларга ёрдам бериладими ва гушт махсулотларини экспортга чикоришга ёрдам бериладими


Fikringizni qoldiring

+